SNIMSHIKOV PETR MIXAYLOVICH

 

        Mayor Snimshikov Petr Mixaylovich, 1913-yil 8-iyunda Ryazan viloyati Sapojok shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1930-yilda maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1937-yil sentabr oyidan boshlab aloqa divizioni telefon va telegraf ishi ustasi, aloqa shtab vzvodi komandiri va Turkmaniston SSR IIXK 46-chegara otryadi komendaturasi aloqa boshlig’i lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yil mart oyida IIXK hukumat aloqa bo’linmasining 11-sonli chegara-front (liniya-front) uchastkasi boshlig’i etib tayinlanadi (Ryazan viloyati, Ryajsk sh.). 1943-yil dekabrda  IIXK hukumat aloqasi yo’nalishi boshlig’i sifatida 4-Ukraina frontini kuchaytirishga yuborildi va u erda 1945-yil may oyigacha xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar  xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI