SMOLIN ALEKSANDR STEPANOVICH

 

        Starshina Smolin Aleksandr Stepanovich, 1913-yil
14-sentabrda Samara viloyati Surskiy tumani Chirkovo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1923-yilda boshlang’ich maktabni tugatgan.

        1942-yil yanvar oyida 2-Belorus fronti 125-ko’prik qurish batalonida haydovchi sifatida xizmatni boshlagan. 1944-yil fevral oyidan 1945-yil oktabr oyiga qadar 2-Belorus fronti
47-mexanizatsiyalashgan brigada haydovchisi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI