SMIRNOV IVAN ALEKSEEVICH

 

Kapitan Smirnov Ivan Alekseevich, 1906-yilda Moskva viloyati Spirovskiy tumani Merinovo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1933-yilda Gorkiy shahridagi ishchilar fakultetini tamomlagan.

1934-yilda Markaziy BBSB maktabini tamomlagandan so’ng Sharqiy Qozog’iston viloyati Syurupinskiy tuman bo’limi operativ vakili etib tayinlanadi. 1943-yilgacha O’rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limi katta operativ vakili lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilda Markaziy frontning 162-o’qchilar diviziyasi, keyinchalik Belorussiya frontining 168-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limiga katta operativ vakil sifatida yuborildi.

1944-yil 20-yanvarda frontda jangda halok bo’lgan va Dyatkovichi qishlog’i (Belorussiyaning Gomel viloyati)da dafn etilgan.