SIROMYATNIKOVA ZINAIDA FEOFANOVNA

    

     Leytenant Siromyatnikova Zinaida Feofanovna, 1902-yil 11-oktabrda Boshqirdiston ASSR Ufa shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, cherkov qoshidagi boshlang’ich maktabni va savodxonlikni oshirish kurslarini tamomlagan.

      1941-yil iyun oyidan 1942-yil sentabr oyiga qadar O’rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limining kadrlar bo’limida mashinistka lavozimida faoliyat olib borgan. 1942-yil sentabr oyida Kavkaz orti frontining 83-tog-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limiga ish yurituvchi-mashinistka etib tayinlanadi. 1943-yil aprel oyida kontuziya oladi. 1943-yil dekabr oyidan 1945-yil may oyigacha 2 va 3-Ukraina frontlari 78-o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi ish yurituvchi-mashinistkasi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni , “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI