SHULAKOV ANTON DMITRIYEVICH

    

      Kapitan Shulakov Anton Dmitriyevich, 1915-yil 1-martda Kirov viloyatining Nagarskiy tumani Novojili qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1929-yil Mulinskiy o’rta maktabining 5-sinfini tamomlagan, 1956-yil kechki maktabning 7-sinfini tamomlagan.

            1941-yil iyulda Kirov viloyati 34-o’qchi brigadasining 14-zaxira o’qchilar polkining o’quv batalyonining kursanti bo’lqan. 1942-yil martdan iyulgacha IIXK Markaziy maktabi talabasi (Moskva), 1943-yil oktabrgacha Kalinin, Stepnoy va 2-Ukraina frontlarining 93-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limining operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan. Jarohati tufayli 1943-yil oktabrdan 1944-yil fevralgacha 410-sonli (Batrov) va 1273-sonli (Ashxobod) evakuatsiya gospitallarida davolangan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng O’rta Osiyo harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining 25-o’quv artilleriya polkining operativ xodimi etib tayinlandi. 1944-yil iyuldan 1946-yil yanvargacha O’rta Osiyo harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 6-bo’limining operativ xodimi bo’lib xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI