SHUKURBEKOV XIDOYAT ALIMBEKOVICH

    

     Podpolkovnik Shukurbekov Xidoyat Alimbekovich, 1915-yil 1-mayda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti tugallanmagan oliy.

      1941-yil iyuldan 1942-yil martgacha bo’lgan davrda Markaziy frontning 44-gvardiya diviziyasida qizil armiya askari bo’lib xizmat qildi. 1942-yil mart oyida yarador bo’lganligi sababli  evakuatsiya gospitalida davolangan, sog’lig’i tiklangandan so’ng Qurolli Kuchlar zaxirasiga boshatiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Sharafli mehnatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“SHARAFLI MEHNATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI