SHUBIN DMITRIY IVANOVICH

    

    Kapitan Shubin Dmitriy Ivanovich, 1917-yil 21-sentabrda Kirov viloyatining Pijansk tumani Tarakanovo qishlog’ida tug‘ilgan, millati mari, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Kirov viloyati, Yaransk shahridagi pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

     1941-yil iyun-avgust oylarida G‘arbiy frontning 153-piyodalar diviziyasi shtab-kvartirasida mirzo bo’lib xizmat qiladi. Yarador bo’lganligi sababli o’sha yilning avgustidan sentabr oyigacha 2901-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Sog’aygandan so’ng, Moskva harbiy okrugi brigadasining 14-zaxira o’qchilar diviziyasining 357-sonli zahira o’qchilar polkining 2-batalioniga shtab xodimi etib tayinlandi. 1942-yil fevraldan noyabrgacha Moskva pulemyotchilar va minomyotchilar maktabining kursanti bo’gan. 1943-yil iyungacha Moskva harbiy okrugining Ivanovo garnizoni IIXK maxsus bo’limining operativ xodimi edi. 1943-yil iyundan 1945-yil maygacha Stepnoy va 2-Ukraina frontlarining “SMERSH” harbiy kontrrazvedka bo’limining operativ ofitseri bo’lib xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI