SHKODIREV PETR IGNATYEVICH

    

     Mayor Shkodirev Petr Ignatyevich, 1912-yil 28-avgustda Ulyanovsk viloyati Inzenskiy tumani Pyatino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, o’rta ma’lumotli, 1928-yilda o’rta maktabning 9-sinfini, 1935-yilda Omsk piyoda askarlar bilim yurtini, 1947-yilda Andijon shahridagi 31-sonli kechki o’rta maktabni tamomlagan.

        1941-yil noyabrdan 1942-yil martgacha bo’lgan davrda  harbiy-siyosiy maktab (Tatariston ASSR, Elabuga) va “Shot” kurslarining kursanti va talabasi bo’lgan. 1942-yil mart oyida Bryansk fronti 13-armiyasining 8-o’qchi diviziyasining 229-o’qchi polkining minomyot rota komandiri o’rinbosari etib tayinlandi. 1942-yil avgustdan 1943-yil martgacha Bryansk frontining 8-o’qchi diviziyasining 151-o’qchi polkining o’qchi-o’quv batalyonining adyutanti, 1944-yil fevralgacha Bryansk fronti 3-armiyasi shtab-kvartirasi bo’limi 1-bo’limi boshlig’ining yordamchisi bo’lib xizmat qilgan. 1944-yil fevraldan 1945-yil aprelgacha 2-Boltiqbo’yi fronti va “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasi Novosibirsk maktab qo’mondonligi uchun malaka oshirish kurslari kursanti.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI