SHISHKIN KONSTANTIN ANDREYEVICH

    

        Mayor Shishkin Konstantin Andreyevich, 1914-yil 17-martda Ukraina SSRning Zaporojye viloyati Andreyev tumanidagi Brestovoe qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1932-yilda maktabning 7-sinfini, 1938-yilda 2-Kiev artilleriya bilim yurti qoshidagi kichik leytenentlar kursini tamomlagan.

        1939-yilning sentabr oyidan 1940-yilning iyul oyigacha bo’lgan davrda Ural harbiy okrugining 51-o’qchi korpusi IIXK maxsus bo’limi tergovchisi bo’lib ishlagan. 1941-yil avgust oyiga qadar – G’arbiy frontning Zabaykalye harbiy okrugi 5-tank korpusi IIXK maxsus bo’lim tergovchisi. 1941-yil avgust oyidan 1944-yil fevral oyiga qadar G’arbiy frontning 1-gvardiya Moskva-Minsk o’qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi tergovchisi bo’lgan. 1945 yilda – 1-Boltiqbo’yi va 3-Belorus frontlari 11-gvardiya armiyasi 11-gvardiya o’qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta tergovchisi. 1945-yil may oyigacha 3-Belorus frontining 11-gvardiya armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi tergovchisi lavozimida xizmat olib borgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI