SHIRINSKAYA ZORYA SHAKIROVNA

    

        Kichik leytenant Shirinskaya Zorya Shakirovna, 1922-yil 26-yanvartda Qozog’iston SSRning Turkiston shahrida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti o’rta, o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

       1942-yil fevral oyida O’rta Osiyo harbiy okrugining 104-otliq diviziyasi IIXK maxsus bo’limida tarjimon-mashinistka lavozimida xizmatni boshlagan. 1943-yil avgust oyidan 1945-yil mart oyiga qadar 1-Belorus frontining 6-Havo armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida ish yurituvchi-mashinistka. 1945-yil noyabr oyigacha Lyublyansk harbiy okrugining axborot bo’limida mashinistka bo’lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI