SHIRINBAYEV SHARIF KAYUMOVICH

    

        Polkovnik Shirinbayev Sharif Kayumovich, 1908-yil 25-dekabrda Samarqand shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1952-yilda Farg’ona davlat pedagogika institutini tamomlagan.

     1933-yilning mart oyida Birlashgan Bosh siyosiy boshqarmasining Markaziy maktabini (Moskva sh.) tamomlagach, IIXK Samarqand viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat o’tagan. 1937-yil noyabr oyidan 1939-yil sentabr oyiga qadar Sharqiy Xitoyda uzoq muddatli maxsus xizmat safarida bo’lgan. 1942-yil may oyigacha O’zSSR IIXK-DXXQ bo’linma bohlig’i o’rinbosari, so’ngra razvedka bo’limida boshliq o’rinbosari bo’lgan. 1942-yil may oyidan 1948-yil sentabr oyiga qadar Eronda uzoq muddatli maxsus xizmat safarida bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Namunali mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“NAMUNALI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI