SHILOV VASILIY NIKITOVICH

    

      Kapitan Shilov Vasiliy Nikitovich, 1922-yil 25-aprelda Oltoy o’lkasining Rodinsk tumanidagi Grekova qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1937-yilda Stalinobad shahridagi o’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

     1941-yil noyabr oyidan 1942-yil iyul oyigacha bo’lgan davrda Orlov piyoda askarlar bilim yurti kursanti bo’lgan. O’quv yurtini tamomlagandan so’ng Voronej frontining 60-diviziya 636-o’qchi polki rota komandiri etib tayinlanadi. Yaralanganligi sababli 1942-yil sentabr oyidan noyabr oyiga qadar 358-sonli evakuatsiya gospitali (Kuybishev sh.)da davolangan. Sog’lig’i tiklangach va uzoq muddatli ta’tildan so’ng 1944-yilda Tojikiston SSR DXXQ 63-sonli radiostansiya kichik texnigi etib tayinlanadi.

      Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI