SHEVCHUK DMITRIY PARFENTIYEVICH

    

        Polkovnik Shevchuk Dmitriy Parfentiyevich, 1914-yil 30-iyunda Ukraina SSRning Odessa viloyatida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1933-yilda Odessa viloyatidagi zootexnikunmni tamomlagan.

     1941-yil yanvar oyida Xarkov harbiy-piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagandan so’ng Kiev maxsus harbiy okrugining 39-aviabaza 15-qiruvchi aviabrigadasi rota politrugi sifatida xizmat o’tagan. 1941-1942-yillarda Janubi-G’arbiy frontning abiabaza aloqa bataloni 26-rayonidagi aloqa rotasi politrugi, so’ng Moskva harbiy okrugi 193-zaxira o’qchi polki 4-zaxira kursantlar o’qchi brigadasi o’quv pulemyot rotasida komandir o’rinbosari. 1943-yildan Moskva harbiy okrugi qoshidagi kichik leytenantlar kursi tinglovchisi, kurslarni tamomlagach 1-Belorussiya frontining 278-revdinskiy o’qchi polki 175-Ural o’qchi diviziyasi pulemyot rotasi komandiri etib tainlanadi. 1944-yil avgust oyida ogir yaralanib 5991-sonli evakuatsiya gospitali (Xarkov sh.)ga yuboriladi. 1945-yil yanvar oyida 4-Ukraina frontining IIXK ichki qo’shinlari 377-o’qchi polkining o’qchi rotasi komandiri sifatida safga qaytadi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI