SHESTOV SERGEY ALEKSANDROVICH

    

      Leytenant Shestov Sergey Aleksandrovich, 1916-yil 4-sentabrda Omsk viloyatining Ishimskiy tumani Abatskaya qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Moskva jismoniy tarbiya institutini  tamomlagan.

         1942-yil sentabr oyida Zabaykalye harbiy okrugining 525-zenit polkida starshina bo’lib xizmatni boshlagan, song 48-o’quv polki (Ivanovskiy viloyati) vzvod komandiri bo’lgan. 1944-yil may oyidan 1945-yil yanvar oyiga qadar 2-Boltiqbo’yi frontining 1-Zarbdor armiyasi 143-artilleriya zaxira o’qchi polki 1-o’qchi bataloni 1-o’qchi rotasi starshinasi. 1945-yil yanvar oyidan 1946-yil may oyigacha 2-Boltiqbo’yi fronti va Turkiston harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodim bo’lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI