SHELAMONOV MIXAIL PAVLOVICH

    

       Polkovnik Shelamonov Mixail Pavlovich, 1913-yil 10-noyabrda Penza viloyatining Lunin tumani Prokazno qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1953-yilda Voroshilov shahridagi o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning oktabr oyida IIXK Oliy maktabini tamomlagach Karel frontining 289-o’qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi tergovchisi etib tayinlanadi. 1943-yil may oyidan 1944-yil dekabrl oyiga qadar Karel frontining 32-Armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta tergovchisi. 1944-yil dekabr oyidan 1945-yil iyun oyiga qadar zaxira frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasida tergovchi lavozimida xizmat olib borgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Zapolyarya mudofaasi uchun”, “Koreyani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KOREYANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI