SHARAFUTDINOVA ROZA SALIXOVNA

    

        Katta serjant Sharafutdinova Roza Salixovna, 1925-yil 4-avgustda Qozog’iston SSRning Janubiy Qozog’iston viloyatidagi Turkiston shahrida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1942-yilda Toshkent shahridagi o’rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1942-yil sentabr oyida O’zSSR IIXK 1-maxsus bo’limida katta registrator lavozimida xizmatni boshlagan. 1942-yil dekabr oyidan 1943-yil avgust oyiga qadar – O’zSSR DXXQ bo’limida 2-toifali nazoratchi. 1945-yil may oyigacha 4-Ukraina va 3-Belorussiya frontlarining 157-sonli DXXQ harbiy senzura bo’linmasining 2-toifali nazoratchisi bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI