SHAKARIMOV BAXRAM

    

       Mayor Shakarimov Baxram, 1921-yil 12-dekabrda Toshkentda tug’ilgan, o’zbek, oliy ma’lumotli, 1937-yil 47-maktabning 7-sinfini, 1941-yil Toshkent davlat birlashgan pedagogika institutini tamomlagan.

       1942-yil iyundan dekabrgacha bo’lgan davrda Moskva harbiy okrugining 107-o’quv polkining 30-zaxira o’qchi brigadasida xizmat qilgan. 1943-yil aprel oyida Saransk harbiy piyoda maktabini tamomlagandan so’ng, 1- va 2-Belorus frontining 95-o’qchi diviziyasining 57-artilleriya polkining otryad boshlig’i etib tayinlandi. 1945-yil apreldan noyabrgacha 1- va 2-Belorus frontining 27-gvardiya diviziyasining 54-artilleriya polkining vzvod komandiri yordamchisi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI