SHAFIGULIN ISLAM SALAVATOVICH

    

          Katta leytenant Shafigulin Islam Salavatovich, 1922-yil 23-martda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti o’rta, 1940-yilda Toshkent shahridagi 11-o’rta maktabni tamomlagan.

       1940-yilning oktabr oyidan 1941-yilning mart oyigacha bo’lgan davrda O’rta Osiyo harbiy okrugininng 490-alohida radiodivizion kursanti bo’lgan. 1942-yilning iyun oyiga qadar – Kiev maxsus harbiy okrugi va G’arbiy frontning 561-alohida radiodivizion telegrafisti. 1942-yilda Stalingrad fronti shtabining razvedka bo’limida radiouzel operatori lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil iyul oyidan 1945-yil may oyiga qadar – Stalingrad, Don, Markaziy va 1-Belorussiya frontlari shtabining razvedka bo’limida radiouzel radiooperatori, katta radiotelegrafist lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI