SHAFEYEV YAKUB KIYAMETDINOVICH

    

        Podpolkovnik Shafeyev Yakub Kiyametdinovich, 1916-yil 15-martda Stalingrad viloyatining Astraxan shahrida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti o’rta, 1956-yilda Buxoro shaxridagi o’rta maktabni tamomlagan.

      1942-yilning oktabr oyidan 1943-yilning mart oyigacha bo’lgan davrda Shimoliy Kavkaz frontining 16-Armiyasi 83-o’qchi diviziya 67-artilleriya polkida telefonist bo’lib xizmat qilgan. Yaralanganligi sabab 1943-yil mart-aprel oylarida evakuatsiya gospitalida davolanishda bo’lgan, sog’aygach Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo’shatilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI