SHABATKO GRIGORIY IVANOVICH

    

        Katta leytenant Shabatko Grigoriy Ivanovich, 1916-yil 15-mayda Oltoy o’lkasi Zavyalovka tumani Gilevka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 8-sinfni tamomlagan.

       1937-yil oktabrda 69-zenit artilleriya diviziyasida (Vladivostok) Qizil dengiz floti askari sifatida xizmatni boshladi. 1940-yil oktabrdan 1943-yil fevralgacha 6-zenit artilleriya polki qo’mondonlari brigadasida bo’lgan. 1944-yil sentabrgacha  Belebey artilleriya maktabining kursanti, undan so’ng 1-Belorus frontining 14-artilleriya diviziyasining 1115-artilleriya polkining vzvod komandiri etib tayinlanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI