SEXMISTRENKO PETR IOSIFOVICH

    

      Sexmistrenko Petr Iosifovich, 1908-yil 23-martda Volin viloyati Kovel shahrida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1925-yilda o’rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1927-yilda Toshkentdagi Oktabr omborida chilangar yordamchisi sifatida ish boshlaydi. 1930-yil avgustdan 1932-yilgacha Sizran shahridagi 11-temir yo’l polkining vzvod komandiri va harbiy yuklarni jo’natish bo’yicha navbatchi lavozimlarida ishlaydi.

        1933-yil sentabrdan 1941-yil avgustgacha davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda ishlagan. 1941-yil aprelda 8-piyodalar diviziyasining IIXK maxsus bo’limi ixtiyoriga jo’nab ketdi va shu yilning avgustida frontda halok bo’ldi.