SERIKOV NIKOLAY FEDOROVICH

    

   

        Leytenant Serikov Nikolay Fedorovich, 1923-yil 30-mayda Balashov viloyati Krasavskiy tumani Voronino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, malumoti o’rta, 1938-yilda o’rta maktabning 8-sinfini, 1950-yilda IIV ofitserlar maktabini tamomlagan.

       1942-yil fevral oyida Krasnodar piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagach, Kerch yo’nalishidagi 78-alohida o’qchilar bataloni vzvodining komandir yordamchisi etib tayinlanadi. 1942-yil aprel oyidan sentabr oyiga qadar Stalingrad fronti 33-gvardiya o’qchilar diviziyasi rota komandiri. Yaralanganligi sabab 1942-yil oktabr oyidan 1943-yil iyun oyigacha  3121-sonli evakuatsiya gospitali (Chelyabinsk sh.)da davolangan. Sog’lig’i qayta tiklangandan keyin Tyumen harbiy piyoda askarlar bilim yurtida rota starshinasi, so’ng Tallin harbiy piyoda askarlar bilim yurtida kursant sifatida xizmat o’tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar  harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI