SELIVERSTOV IVAN MIXAYLOVICH

    

     

        Kapitan Seliverstov Ivan Mixaylovich, 1922-yil 30-dekabrda Penza viloyati Kolishleysk tumani Nazvanovka qishlog’ida tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Smolensk shahridagi 23-o’rta maktabning 10-sinfini, 1953-yilda Olmaota yuridik institutini tamomlagan.

      1942-yil noyabr oyida Stalingrad aviatsiya uchuvchilari bilim yurtini tugatgach Janubiy front tarkibidagi 2-gvardiyachilar armiyasi 33-o’qchilar diviziyasida 91-gvardiya o’qchilar polki to’pchilar komandiri etib tayinlangan. 1943-yil may oyidan noyabr oyiga qadar 2-Kiev o’ziyurar artilleriya bilim yurti kursanti, 1945-yil aprel oyiga qadar 1-Ukraina fronti bosh qo’mondonligi zaxirasidagi 1899-o’ziyurar artilleriya polki komandiri lavozimlarida xizmat o’tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI