SEDOV ALEKSANDR FILIPPOVICH

    

    Leytenant Sedov Aleksandr Filippovich, 1916-yil 23-dekabrda Kuybishev shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1932-yilda Toshkent shahridagi o’rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

      1937-yil sentabr oyida 22-otliq askarlar diviziyasi 36-polkida aloqa rotasi radisti lavozimida xizmatni boshlagan. 1941-yil sentabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar G’arbiy va 2-Belorussiya frontlari 385-o’qchi diviziya 836-alohida aloqa batalioni radisti lavozimida xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI