SBORSHIKOV ALEKSANDR VASILEVICH

    

   

       Serjant Sborshikov Aleksandr Vasilevich, 1921-yil 16-iyulda Ulyanovsk viloyati Korsun tumani Krasnopolk qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1953-yilda Buxoro shahridagi maktabni tamomlagan.

         1940-yil sentabr oyidan 1941-yil oktabr oyigacha 195-artilleriya zaxira polki (Baku sh.)da traktorchi bo‘lib xizmat qilgan. 1941-yil oktabr oyidan 1943-yil iyul oyigacha Qrim frontining 310-alohida artilleriya zenit diviziyasi haydovchisi, 1945-yil may oyiga qadar 1-Belorus fronti 1873-kichik kalibrli zenit-artilleriya polki haydovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI