SAPSAY PAVEL FILIMONOVICH

    

     

      Podpolkovnik Sapsay Pavel Filimonovich, 1912-yil 1-fevralda Orenburg viloyati Sorochino tumani Novotroitskiy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Sorochino qishloq xo‘jalik bilim yurtini, 1954-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

      1941-yil avgust oyida 428-aerodrom xizmati batalonidagi ish bo‘yicha Janubiy front 9-armiya IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi etib tayinlangan. 1942-yil fevral oyidan aprel oyigacha Stalingrad harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi rezervida turgan, undan keyin Stalingrad fronti 173-tank brigadasi IIXK maxsus bo‘limiga boshliq o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1942-yil iyun oyidan 1945-yil sentabr oyiga qadar Stalingrad frontining 5-zaxira, 1 va 3-gvardiyachilar armiyasi hamda 1, 3 va 4-Ukraina frontlari “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining bo‘linma boshlig‘i lavozimida xizmat o‘tagan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi  uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun” va “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI