SAPOV VASILIY MIXAYLOVICH

    

         Mayor Sapov Vasiliy Mixaylovich, 1906-yil 1-dekabrda Stalingrad viloyatining Elan tumani Bolshoy Morets qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Toshkent viloyatidagi o‘rta maktabning 10-sinfni tamomlagan.

         1941-yil dekabr oyidan 1942-yil iyun oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi 463-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘lim tergovchisi lavozimida xizmat o‘tagan. 1942-yil iyun oyidan 1945-yil may oyigacha Janubiy-g‘arbiy va 1-Belorus fronti 65-armiya 218-armiya o‘qchilar polki 103-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi va “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi  uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI