SAPOJNIKOV NIKOLAY GAVRILOVICH

    

         Katta leytenant Sapojnikov Nikolay Gavrilovich, 1906-yil 1-dekabrda Kuybishev viloyati Chelno-Vershinskiy tumani Novo-Adelyakovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz (tugallanmagan) o‘rta, 1918-yilda qishloq maktabining 3 sinfini tamomlagan.

        1928-yil oktabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi 1-tog‘-o‘qchilar polki kursanti (kichik komandiri) sifatida harbiy xizmatga chaqirildi. 1931-yil oktabr oyida BBSB moliya bo‘limida amaliyotchi. 1932-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 3-Turkiston tog‘-o‘qchilar diviziyasi maxsus bo‘linma operativ vakili yordamchisi, so‘ng operativ vakili sifatida xizmat qilgan. 1935-yil yanvar oyida 8-tog‘-otliq askarlar dviziyasi maxsus bo‘limi operativ xodimi etib tayinlanadi. 1939-yil avgust oyidan O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi 1-bo‘linma boshlig‘ining o‘rinbosari. 1941-yil iyun oyida Sibir harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limiga yuborilgan. 1942-yil 9- fevralda 22-armiya IIXK maxsus bo‘limi 2-bo‘linma boshlig‘i bo‘lgan vaqtida jasorati va harbiy qasamyodga sodiqligini namoyon qilgan holda frontda halok bo’ladi.