SAMOYLOV YURIY ALEKSANDROVICH

    

   

          Kapitan Samoylov Yuriy Aleksandrovich, 1920-yil 2-martda Saratov shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinfini, 1953-yilda Marksizm va leninizm kechki universitetini (Toshkent sh.) tamomlagan.

        1940-yil oktabr oyida Orlov harbiy okrugining 831-zaxira o‘qchilar polki qizil askari, so‘ng Moskva harbiy okrugi 16-zaxira tank polki komandiri sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil iyul oyidan 1943-yil oktabr oyiga qadar Qozon tank bilim yurti kursanti hamda Leningrad ofitserlar bronetank maktabi (Mangitogorsk sh.) qoshidagi rota komandirlari malakasini oshirish kursi tinglovchisi bo‘lgan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil yanvar oyigacha 2-Ukraina fronti 25-tank brigadasi 362-tank batalioni vzvod komandiri. 1944-yil yanvar oyida jangda yaralangan va 1847-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan, shundan so‘ng 2-guruh nogironi sifatida harbiy xizmatdan bo‘shatilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI