SALNIK GERMAN POLIKARPOVICH

    

     

        Podpolkovnik Salnik German Polikarpovich, 1917-yil 9-mayda Qozog‘iston SSR Kustanay viloyati Kustanay tumanida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1937-yilda gidromelioratsiya institutini tamomlagan.

       1942-yil fevral oyida Shimoliy-g‘arbiy va Kalinin frontlarining 27-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi katta operativ vakili lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil iyul oyidan sentabr oyigacha yaralanganligi sababli 1919-sonli evakuatsiya gospitali (Sverdlovsk viloyati)da davolangan. Tuzalib chiqqanidan so‘ng Kalinin fronti IIXK maxsus bo‘limi 7-bo‘linmasiga katta operativ vakil sifatida yuborilgan. 1943-yil may oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 1-Boltiqbo‘yi fronti “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 1-bo‘limi 2-bo‘linmasida katta operativ vakil, boshliq o‘rinbosari, so‘ng boshliq sifatida faoliyat yuritgan. 

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI