SALMAKOV KAZI

    

         Leytenant Salmakov Kazi, 1914-yil 1-yanvarda Qozog‘iston SSRning Kustanay viloyati Uzunko‘l tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, 1933-yilda O‘rta Osiyo kimyo instituti qoshidagi ishchilar fakultetini tamomlagan.

        1942-yil may oyidan 1943-yil avgust oyigacha Markaziy frontning 20-Armiya 7-zaxira o‘qchilar diviziyasi 55-o‘qchilar polki qizil armiya safida xizmat o‘tagan. 1943-yilda – Markaziy frontning 331-o‘qchilar diviziyasi 104-o‘qchilar polkining o‘qchi rota komandiri o‘rinbosari. 1943-yil noyabr oyidan 1944-yil yanvar oyigacha Boltiqbo‘yi frontining 128-o‘qchilar polki 8-o‘qchi rota 1-o‘qchilar vzvodi 3-bo‘linma komandiri bo‘lgan. 1944-yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar 1726-sonli evakuatsiya gospitali (Sverdlovsk viloyati)da davolangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI