SALAXUTDINOV GARAFUTDIN SALAXUTDINOVICH

yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxratordenining toliq sohibi (27.06.1945)

 1920-yil 1-fevralda hozirgi Almetyevsk tumani Taysugan qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Tatar. 4-sinfni tugatgan. Kolxozda ishlagan. Qizil Armiyada 1942-yil martdan.
Ikkinchi Jahon urushida 1942-yil apreldan. Jangovar faoliyatini Shimoliy-G‘arbiy frontda boshlagan. Bir necha bor yaralangan.
54-gvardiya tank brigadasi (7-gvardiya tankchilar korpusi, 3-gvardiya tankchilar armiyasi, 1-Ukraina fronti) zenit-pulemyot rotasi yo‘naltiruvchisi bo‘lgan. 1944-yil 20-avgustda Sandomierz (Polsha) shahrining g‘arbiy hududida dushman bombardimonchisi “Yunkers-87” ni urib tushiradi. Dushmanning havo hujumi paytda yarador bo‘ladi, lekin yarasini bog‘lab yana jangga qaytadi va dushman samolyotlarining hujumlarini qaytarib, o‘t ochishni davom ettiradi.
1944-yil 25-avgustda yefreytor Salaxutdinov Garafutdin Salaxutdinovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlanadi.
1945-yil 16-yanvarda Chestoxova (Polsha) shahri yaqinida dushmanning “Fokke-Vulf-190” rusumidagi samolyotini urib tushiradi. Chestoxova shahriga bostirib borishda o‘nga yaqin fashistlarni zenit-pulemyot bilan yo‘q qiladi.
1945-yil 1-fevralda 3-gvardiya tank armiyasining buyrug‘i bilan yefreytor Salaxutdinov Garafutdin Salaxutdinovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlanadi.
1945-yil 20-aprelda 54-gvardiya tankchilar brigadasi Drezden shahriga (Germaniya) marsh yuradi. To‘satdan, brigada tanklarining kolonnasiga dushmanning katta samolyotlar guruhi hujum uyushtiradi. Zenit qurollari fashist bombardimonchilariga qarata o‘t ochadi. 3 ta samolyot urib tushiriladi, lekin 1 ta “Fokke-Vulf-190” snaryadi kolonnaga kelib uriladi. Gvardiyachi Salaxutdinov pulemyotidan o‘t ochib uni yoqib yuboradi. 1945-yil 22-aprelda Vitshtok qishlog‘ini ozod qilishda (Drezden shahridan g‘arbda, Germaniya) o‘ndan ortiq dushman piyoda askarlarini pulemyotdan yo‘q qiladi va pulemyot hisobi bilan ko‘plab dushman askarlarini asir oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, yefreytor Salaxutdinov Garafutdin Salaxutdinovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yilda vataniga qaytadi. 1947-yilda “Uzgarish” qishlog‘iga ko‘chib o‘tadi (Toshkent viloyati). Kolxozda ishlagan. 1975-yil 19-dekabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI