SADJAYA ALEKSEY NIKOLAYEVICH

    

         Mayor Sadjaya Aleksey Nikolayevich, 1897-yilda Gruziya SSRning Kutaisi guberniyasiga qarashli Maliy Koki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati gruzin, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, Zugdidi shahridagi bilim yurtini tamomlagan.

       1921-yilning mart oyida davlat xavfsizligi organlarida xizmat faoliyatini boshladi. 1928-yildan 1929-yilga qadar Gruziya SSR IIXK hibsga olish joylari boshqarmasi boshlig‘i, 1930-yildan 1932-yilgacha  Gruziya SSR BBSB maxfiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, maxsus bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.  1935-yilda IIXK Kavkazorti Federativ Respublikasi ixtiyoriga jo‘natiladi. 1938-yildan 1941-yilga qadar O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari, 1941-yilning iyul oyigacha O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi xalq komissari lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yil 12-iyulda boshqa ishga o‘tishi sababli lavozimidan ozod etilgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Baku (Ozarbayjon) shahri hududiga tashlangan fashist desantchilarini yo‘q qilishda halok bo‘lgan.

       Xizmat faoliyati davrida “Qizil bayroq”, “Gruziya SSR Mehnat Qizil bayrog‘i”, “Lenin” ordenlari, “Kavkaz mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GRUZIYA SSR MEHNAT QIZIL BAYROG‘I” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI