SADCHIKOV NIKITA NIKOLAYEVICH

    

          Mayor Sadchikov Nikita Nikolayevich, 1906-yil 15-sentabrda Voronej viloyatining Borisoglebsk tumanidagi Rojdestvenskiy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1917-yilda boshlang‘ich maktabni,
1930-yilda traktorchilar va targ‘ibotchilar kursini tamomlagan.

         1941-yilnig noyabr oyidan 1942-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda Olmaota shahridagi aviatsiya polkiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha IIXK maxsus bo‘limi 2-bo‘linmasi operativ xodimi, 1943-yilning aprel oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi 14-havo armiyasining 662-aralash aviapolki 52-xizmat ko‘rsatish armiyasida IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilning aprel oyidan 1944-yilning iyul oyigacha Volxov va Karel frontlari tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan. 1946-yil yanvar oyigacha Odessa harbiy-aviatsiya uchuvchilari maktabining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI