RYABOSHLIK ALEKSEY SEMYONOVICH

 

serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (10.04.1945)

 

1925-yil 20-fevralda Voronej viloyati Rossosh shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Ukrain. 7-sinfni tugatgach, Rossosh temir yo‘l stansiyasida mexanik bo‘lib ishlagan.
Armiyada 1943-yil 27-yanvardan boshlab, dushman tomonidan bosib olingan hududda bo‘lgan. Xarkov yaqinida birinchi bor jangga kiradi va yaralangan. Davolangandan so‘ng 116-o‘qchi diviziyasi tarkibida Kursk jangida va Ukrainani ozod qilishda qatnashgan. 1944-yil 17-aprelda Karligul qishlog‘iga (Ruminiya shimolidagi Yaasi shahri) hujum qilishda, dushmanning joylashuviga bostirib kirib, 3 ta pulemyot nuqtasini granatalar bilan yo‘q qiladi. 16 dan 28-aprelgacha Yassi shahri yaqinidagi janglarda 10 dan ortiq dushman askarlarini shaxsan o‘zi yo‘q qiladi.
1944-yil 12-iyundagi 116-o‘qchi diviziyasining buyrug‘i bilan, kichik serjant Ryaboshlik Aleksey Semenovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 20-avgustdagi Zahorna (Yassi shahrining shimoli-g‘arbiy qismida) uchun jangda, dushman olovi ostida, qulay pozitsiyani egallab oladi va pulemyotdan o‘t ochib hujumdagi piyodani qo‘llab-quvvatlab, dushmanning guruhga teng tirik kuchini yo‘q qiladi va rotani hujumini muvaffaqiyatli bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
1944-yil 27-oktabrdagi 52-Armiya qo‘shinlarining buyrug‘i bilan kichik serjant Ryaboshlik Aleksey Semenovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 14-fevralda Xeiligenze o‘rmon qishlog‘i uchun (Polsha, Gorlits shahri shimoli-sharqida) jangda dushmanning qarshi hujumida piyodalarini tanklardan ajratib tashlaydi, ularni yotishga majbur qilib, dushmanning pulemyot nuqtasini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Ryaboshlik Aleksey Semenovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
Urushdan keyin armiyada xizmatni davom ettiradi va 1947-yilda Toshkent harbiy piyoda bilim yurtini tugatadi. 1959-yilda zahiraga chiqariladi va ona shahri Rossoshda yashaydi.
1994-yil 6-martda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI