RUSETSKIY MIXAIL ROMANOVICH

   

        Mayor Rusetskiy Mixail Romanovich, 1918-yil 8-noyabrda Belorussiya SSRning Minsk viloyati Borisov tumani Borisov qishlog‘ida tug‘ilgan, millati belorus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda Qizil O‘rda maktabining 10-sinfini, 1949-yilda P.Osipenko nomidagi uchuvchilar oliy maktabini tamomlagan.

      1940-yil iyulda Uzoq Sharq harbiy okrugi 168-zaxira aviatsiya polkining uchuvchisi sifatida xizmatni boshlaydi. 1941-yilning iyul oyidan 1942-yilning oktabr oyigacha Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 15-Havo armiyasining 301-qiruvchi aviatsiya polkida uchuvchi, 1942-1944-yillarda Uzoq Sharq fronti 10-havo armiyasi 29-aviatsiya diviziyasida 307-qiruvchi polk uchuvchisi lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilning sentabr oyidan 1946-yilning aprel oyiga qadar Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 10-havo armiyasi 29-aviatsiya diviziyasining 307-qiruvchi polkida zveno komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI