RULEV VASILIY LAVRENTEVICH

      Leytenant Rulev Vasiliy Lavrentevich, 1918-yil 27-oktabrda Smolensk viloyatining Mosal tumanidagi Vigodi qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1933-yilda Podolskdagi o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning fevral oyida O‘rta-g‘arbiy front tarkibidagi 114-o‘qchilar diviziyasining 612-o‘qchilar polkida yo‘riqchi oshpaz lavozimida boshlaydi. 1941-yilning iyul oyidan 1943-yilning fevral oyigacha Leningrad shahridagi 2-havo hujumiga qarshi mudofaa korpusida 2-projektor polkining qizil armiya askari bo‘lgan. 1943-yilda 13-o‘qchilar diviziyasi 296-o‘qchilar polkida (Kolpino sh.) 2-batalon kotibi bo‘lgan. Leningrad fronti tarkibidagi 55-armiyaning kichik leytenantlar kursini tamomlagandan so‘ng 1943-yilning oktabr oyida 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 376-o‘qchilar diviziyasining 1248-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri etib tayinlandi. 1944-yilning yanvar oyida Leningrad fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining zaxirasida bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI