RUDAKOV NIKOLAY PETROVICH

      Kapitan Rudakov Nikolay Petrovich, 1923-yil 10-aprelda Tatariston ASSRning Yutazin tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan. 

         1942-yilning avgust oyida 3-Leningrad artilleriya bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Kalinin fronti tarkibidagi
262-o‘qchilar diviziyasi 940-o‘qchilar polkining qurol-aslaha komandiri etib tayinlangan. 1942-yil dekabr oyidan 1943-yil may oyigacha yaralanganligi sababli Kalinin shahridagi gospitalda davolanishda bo‘lgan. 1944-yilning aprel oyida 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 43-armiyaning kichik leytenantlar kursini tamomlagandan so‘ng 1-Boltiqbo‘yi fronti 306-o‘qchilar diviziyasining 992-o‘qchilar polkida minomyotchilar vzvodi komandiri bo‘lgan. 1945-yilning fevral oyidan may oyigacha bo‘lgan davrda 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 306-o‘qchilar diviziyasining 992-o‘qchilar polkining minomyotchilar batareyasi katta ofitseri sifatida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI