ROMANOV PETR SEMENOVICH

        Katta leytenant Romanov Petr Semenovich, 1920-yil 1-avgustda Chkalov viloyatining Buzuluk tumanidagi Kamennaya Sarma qishlog‘ida tug‘ilagan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1935-yilda Buzuluk tumaniidagi o‘rta maktabning 7-sinfini, 1941-yilda Ordjonikidze harbiy aloqa bilim yurtini tamomlagan.

       O‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng Qrim fronti tarkibidagi 157-o‘qchilar diviziyasining 348-o‘qchilar polkida aloqa vzvodi komandiri etib tayinlanadi. Yaralanganligi sababli 1942-yilning fevral-iyul oylarida 3256-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘ladi. Sog‘lig‘ini tiklangandan so‘ng Kaspiyorti fronti tarkibidagi Qora dengiz qo‘shinlari guruhi 267-alohida aloqa bataloniga bo‘lim boshlig‘i etib tayinlanadi. 1943-yilda Kaspiyorti front tarkibidagi 378-o‘qchilar diviziyasining 1331-o‘qchilar polkida aloqa vzvodi komandiri lavozimida xizmat qiladi. Takroran yaralanishi oqibatida 1943-yilning avgust oyidan 1944-yilning may oyigacha 4106 va 4527-sonli evakuatsiya gospitallarida (Toshkent sh.) davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tufayli Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI