ROGOJIN ALEKSANDR FEDOROVICH

       Kichik leytenant Rogojin Aleksandr Fedorovich, 1914-yilda Kuybishev shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, qishloq maktabining 7-sinfini tamomlagan.

     1936-yildan 1937-yilgacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugi 84-kavaleriya polkining kursanti bo‘lgan. 1937-yilning oktabr oyida Uzoq Sharq o‘lkasining “Lazo” stansiyasi 31-kavaleriya diviziyasining alohida eskadroni starshinasi sifatida xizmat qiladi. 1939-yilga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugiga qarashli 21-tog‘-kavaleriya diviziyasi 82-kavaleriya polkining (Farg‘ona sh.) starshinasi bo‘lgan.

       1941-yilda kichik leytenantlar kursini (Samarqand sh.) tamomlagandan so‘ng O‘rta Osiyo harbiy okrugidagi 18-tog‘-kavaleriya diviziyasi 3-bo‘linmasining operativ xodimi lavozimiga tayinlanadi. Kalinin fronti tarkibidagi 18-tog‘-kavaleriya diviziyasi IIXK maxsus bo‘limining operativ xodimi bo‘lgan.

       1942-yilning iyul oyida urushda bedarak yo‘qolgan.