REVENKO STEPAN SAVVICH

         Polkovnik Revenko Stepan Savvich, 1913-yil 13-dekabrda Ukraina SSRning Poltava viloyati Dikan rayonidagi Dolino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1930-yilda o‘rta maktabning 6-sinfini, 1952-yilda Mari garnizoni ofitserlar uyi qoshidagi marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

       1939-yil sentabrda IIXKning 2-Moskva maktabini tamomlagandan so‘ng O‘zbekiston SSR IIXK razvedkachisi, so‘ng operativ xodimi lavozimlarida xizmat qiladi. 1941-yilning sentabr oyidan 1946-yilning iyun oyigacha O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi va “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi va katta operativ xodimi sifatida faoliyat olib boradi. 1944-yilning avgust oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda
2-Ukraina fronti mintaqasida Ruminiya va Vengriya hududlaridan fashist bosqinchilari agenturasini chiqarib tashlash bo‘yicha xizmat safarida bo‘ladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI