RESHETNIKOV MIXAIL SERGEYEVICH

        Podpolkovnik Reshetnikov Mixail Sergeyevich, 1922-yil 22-noyabrda Voronej viloyatining Algasov tumanidagi Nosin qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1963-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

      1941-yilning noyabr oyidan 1942-yilning avgust oyigacha bo‘lgan davrda 172-alohida “OSNAZ” radiostansiyasida kursant-elektromexanik sifatida xizmat qiladi. 1942-yilda Kalinin frontining Shimoliy-G‘arbiy yo‘nalishidagi maxsus xizmatida dala boshqaruvi elektromexanigi, 1942-yilning dekabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar Kalinin, 1, 2 va 3-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi IIXK qo‘shinlari maxsus xizmati 2-alohida divizionida katta elektromexanik, katta radiousta, katta radiotexnik lavozimlarida xizmat faoliyatini olib boradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenisbergni ishg‘ol etganligi uhun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI