REJAPOV TAJIBAY
oddiy askar, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1949)
1924-yil 18-martda Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Xo‘jam-Shukur qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qirg‘iz. 9-sinfni tugatgan. Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1942-yil noyabrdan Qizil Armiyada. Pulemyotchilar kurslarini tugatgan va 1943-yil yanvarda frontga yuborilgan. Stalingrad, 3-Ukraina va 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. Janglarning birida og‘ir yaralangan. Gospitalda davolangandan so‘ng, 3-Ukraina frontining ort qismini qo‘riqlash bo‘ycha IIHK qo‘shinlarining 127-chegara polki 13-chegara zastavasiga tayinlanadi va u yerda merganlar maktabida tahsil oladi.
1944-yil 7-yanvardan 13-yanvargacha 13-chegara zastavasi snayperi, 333-o‘qchi diviziyasi 1118-o‘qchi polki hududida snayperlar guruhi bilan jangovar tayyorgarlik o‘tashda 16 ta dushman askarlari va ofitserni yo‘q qiladi.
1944-yil 25-yanvarda dushman bilan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun oddiy askar Regjapov III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil sentabrdan oktabrgacha 1-Belorussiya frontining 17-gvardiya otliq diviziyasi hududida shu chegara polkining snayperlari guruhi tarkibida jang qilib, Regjapov Magnushevskiy platsdarmida 24 ta natsistni, shu jumladan bir nechta snayperlarni va ofitserlarni yo‘q qiladi.
1945-yil 27-yanvarda oddiy askar Regjapov II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil qishda Visla daryosidan Oder daryosigacha bo‘lgan hujumda frontning ortida harakatlanayotgan dushmanning kichik guruhlarini yo‘q qilishda qatnashadi, fashist deversantlarini va razvedkachilarini aniqlab qo‘lga oladi. Bu vaqt ichida 10 tagacha natsistni yo‘q qiladi, 6 ta deversantni qo‘lga oladi va 50 ga yaqin nemis askarlarini asir oladi. Berlindagi janglarda dushmanning 22 nafar askarini va ofitserini yo‘q qiladi, urush davomida – 102 fashistni yo‘q qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Nemis-fashit bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan mahorati va jasorati uchun”, oddiy askar Regjapov Tajibay I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1949-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Kukenchak shahri melitsiyasida ishlagan. Jinoyatchilar bilan janjalda bir nechta pichoqdan jarohat olingan.
Nafaqaga chiqqanidan keyin Andijonda yashagan.