RAXMATULLAYEV SAMIG

      Katta leytenant Raxmatullayev Samig, 1918-yil 18-aprelda Toshkent viloyatining Kalinin tumanida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

      1941-yilning may oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugining 16-aloqa polki kursanti, radisti lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning may oyigacha O‘zbekiston SSR IIXK 2-maxsus bo‘limining “KT” (“PK”) bo‘linmasi 2-toifali nazoratchisi, 1945-yilning may oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 4-harbiy senzura bo‘linmasi tarjimoni sifatida faoliyat olib borgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI