RAXMATOV BURI

      Starshina Raxmatov Buri, 1925-yil 18-iyunda Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Samarqand shahridagi 14-sonli o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1943-yilning sentabr oyida 1-Turkiston pulemyotchilar bilim yurtida (Turkmaniston SSR Kushka shahri) xizmat o‘tashni boshlagan. 1943-yilning noyabr oyidan 1944-yilning may oyigacha (Saratov viloyati) 73-zaxira o‘qchilar polkining kursanti, 1944-yilda 3-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 21-o‘qchilar diviziyasi 116-o‘qchilar polkining bo‘linma komandiri, 1944-yilning dekabr oyidan 1945-yilning may oyigacha bo‘lgan davrda 2-Ukraina fronti tarkibidagi 335-o‘qchilar polkining dastgoh pulemyot navodkachisi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI