RAXIMOV SULTAN KARIMOVICH

        Kapitan Raximov Sultan Karimovich, 1917-yilda Andijon viloyatining Lenin tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Farg‘ona pedagogika institutini, 1952-yilda DXQ Oliy maktabining kurslarini tamomlagan.

        1939-yil dekabrda Kiev harbiy okrugi 307-alohida artilleriya-zenit divizioniga xizmatni o‘tash uchun yuboriladi. 1941-yilning dekabr oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar Don fronti tarkibidagi 307-alohida artilleriya zenit divizionida batareya starshinasi, 1945-yilning may oyiga qadar Markaziy front tarkibidagi 13-gvardiya alohida artilleriya divizionida batareya starshinasi lavozimlarida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI