RAXIMOV ABDURAXIM SHAKIROVICH

     Oddiy askar Raximov Abduraxim Shakirovich, 1910-yil 11-mayda Boshqirdiston ASSRning Sterlitamak shahrida tug‘ilgan, millati tatar, boshlang‘ich ma’lumotga ega, 1927-yilda Orenburg shahridagi o‘rta maktabning 4-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning oktabr oyida G‘arbiy frontning 35-Kalinin yo‘nalishidagi 35-brigadaning 2-batalonida 4-rota qizil armiya askari sifatida boshlagan. Yaralanganligi sababli 1942-yil yanvar-mart oylarida 2-sonli evakuatsiya gospitalida (Chkalov shahrida) davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.