RACHKOV ALEKSANDR FEDOROVICH

    Katta leytenant Rachkov Aleksandr Fedorovich, 1926-yil 16-aprelda Chkalov viloyatining Aleksandrov tumanidagi Novo-Bogdanovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1943-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

     1944-yil oktabrda Ural harbiy okrugidagi 39-o‘quv tank polkining kursanti bo‘lgan. 1945-yilning may oyidan sentabr oyiga qadar Baykalorti fronti tarkibidagi 389-gvardiya o‘ziyurar artilleriya polkining qurol-aslaha komandiri bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI