PUTINSEV YURIY LEONIDOVICH

        Kapitan Putinsev Yuriy Leonidovich, 1922-yil 26-fevralda Oltoy o‘lkasining Barnaul shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1939-yilda Namangan shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning iyun oyida 1-sonli Chkalov harbiy-aviatsiya uchuvchilari maktabining kursanti bo‘lgan. 1944-yilning sentabr oyida Privolj harbiy okrugining 10-zaxiradagi aviatsiya polkiga uchuvchi etib tayinlanib, u erda barcha hujumchi va boshqa samolyotlarda amaliy mashqlarni o‘tagan. 1944-yilning dekabr oyidan 1945-yilning oktabr oyiga qadar 16-havo armiyasining 173-Slutskiy hujumchi aviatsiya polkiga uchuvchi-ekipaj komandiri lavozimiga tayinlanadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI