PROSKURYAKOV VLADIMIR STEPANOVICH

         Kichik leytenant Proskuryakov Vladimir Stepanovich, 1916-yil 15-iyunda Leningrad viloyatining Podporojsk tumanidagi Myatusovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1933-yilda fabrika-zavod bo‘yicha ta’lim berish maktabini, 1937-yilda Leningrad shahridagi kema mexanigi texnikumini tamomlagan.

       1941-yilning iyun oyida Shimoliy front tarkibidagi 214-alohida zenit divizioni batareyasida starshina bo‘lib xizmatni o‘tagan. 1943-yilning dekabr oyiga qadar Shimoliy front tarkibidagi 122-o‘qchilar diviziyasining bo‘linma komandiri, so‘ngra 122-o‘qchilar polkining bo‘linma komandiri bo‘lgan. 1943-yilning dekabr oyidan 1945-yilning fevral oyiga qadar Privolj okrugining zenit-pulemyotchilari bilim yurti kursanti sifatida xizmat faoliyatini olib borgan. 1945-yilda G‘arbiy frontning 200-alohida zenit-pulemyotchilari batalonida vzvod komandiri lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI